01
Yondashuv
02
Hamshira
03
Qulayliklar
04
Mazzali taomlar
“Sehat” klinikasidagi urologiya bo‘limi urologiya, ginekologiya, uroginekologiya, andrologiya va onkologiya yo‘nalishlarida tos a’zolari kasalliklarini davolash bo‘yicha ixtisoslashgan zamonaviy bo‘lim hisoblanadi. Integratsiyalashgan yondashuvda «Sehat» klinikasining o‘ziga xosligi shundaki, klinikada urologik, ginekologik, uroginekologik, andrologik va onkologik patologiyalarni tashxislash va davolash bo'yicha to‘liq tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Siz barcha protseduralar, tekshiruvlar va manipulyatsiyalarni bir joyda amalga oshirishingiz mumkin.
“Sehat” klinikasidagi urologiya bo‘limi urologiya, ginekologiya, uroginekologiya, andrologiya va onkologiya yo‘nalishlarida tos a’zolari kasalliklarini davolash bo‘yicha ixtisoslashgan zamonaviy bo‘lim hisoblanadi. Integratsiyalashgan yondashuvda «Sehat» klinikasining o‘ziga xosligi shundaki, klinikada urologik, ginekologik, uroginekologik, andrologik va onkologik patologiyalarni tashxislash va davolash bo'yicha to‘liq tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Siz barcha protseduralar, tekshiruvlar va manipulyatsiyalarni bir joyda amalga oshirishingiz mumkin.
To'liq ko'rsatish
Klinikamizning endoginekologiya bo‘limi jarrohlik va terapevtik muolajalar uchun zamonaviy kompleks hisoblanadi. Zamonaviy diagnostika usullaridan, nazorat qilishning yangi yondashuvlaridan foydalanish va bemorning ahvolini individual jadval bo‘yicha muntazam ravishda kuzatib borish ushbu kasalliklarni eng samarali va tezkor davolash imkonini beradi.
Tasdiqlangan sxemalar bo‘yicha androlog va ginekologning birgalikda muvofiqlashtirilgan ishi kasallikning sababini iloji boricha oldinroq aniqlashga va nikohdan oldingi tekshiruvdan tortib homiladorlikkacha bo'lgan davrdagi davolash va kuzatishni amalga oshirishga imkon beradi. Homiladorlik va tug‘ruqdan keyingi hayot davomida bemorni kuzatish va quyidagi kasalliklarni davolash va tashxislash ishlari amalga oshiriladi;
• bepushtlik
• hayz davrining buzilishi
• bachadon o‘sma kasalliklari
• bachadon bo‘yni o‘sma kasalliklari
• homilador ayollar uchun maslahatlar
• abortni davolash
• klimakterik kasalliklar
• yallig‘lanish kabi bachadon bo‘yni patologiyasi va genital infeksiyalari bo‘lgan ayollarga ginekologik yordam ko‘rsatiladi. Buning uchun yordamchi tashxis sifatida kolposkopiya usuli qo‘llaniladi, bu bachadon bo‘yni, vagina va tashqi jinsiy a’zolarning vaginal qismini optik-apparat tekshiruvi orqali amalga oshiriladi.
Tibbiyotning har qanday sohasida ajoyib natijaga erishish uchun, bilim va oltin qo‘llar juda zarur. Xo‘sh, agar bu stomatologiya sohasi bo‘lsa-chi, unda yuqori sifatli uskunalar va materiallar ham kerak bo'ladi. Shifokorlarimizning kasbiy tayyorgarlik darajasi va ilg‘or texnologiyalardan foydalanish klinikamizning "Stomatologiya" bo‘limini O‘zbekiston bozoridagi eng ilg‘or bo‘limlardan biri ekanligini ishonch bilan aytishimizga imkon beradi. Mutaxassislarimizning individual va mas’uliyatli yondashuvi, ishning har bir bosqichida texnologiya va standartlarga rioya qilinishini qat’iy nazorat qilish tufayli biz yuqori sifatli natijaga erisha olamiz. Biz uchun eng muhimi bu mijozlarimizning minnatdor va mamnun fikridir. Biz shinam va osoyishta muhitda og'riqsiz davolaymiz va shifokorlarimizni infeksiyadan mutlaq himoya qilamiz. Biz sizga ilg‘or texnologiyalar va dunyoning yetakchi kompaniyalarining zamonaviy materiallari asosida stomatologik yordam ko‘rsatamiz. Biz doimiy ravishda rivojlanib boramiz, hozirda bizning klinikalarimiz tomonidan taqdim etilayotgan stomatologiya 21-asrdagi jahon stomatologiyasining barcha yutuqlarini qamrab oladi. Xodimlarimiz O'zbekiton va xorijiy yetakchi stomatologiya markazlarining dasturlari bo‘yicha o‘z malakalarini muntazam oshirib boradilar. Bizda eng zamonaviy materiallar, eng yangi jihozlar va eng muhimi, samimiy jamoa mavjud.
To'liq ko'rsatishO‘z sog‘ligi haqida qayg‘urayotganlarga hamyonbop va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish ishimizning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bemorning mamnuniyati asosiy maqsadimizdir. O‘z vazifamizni bajarish uchun biz yuqori professionallik, xalqaro tajriba, zamonaviy texnologiyalar va bemorning talab va istaklariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga intilamiz. Klinikamiz haftada yetti kun ishlaydi va analiz javoblari bemorning talabiga ko‘ra qulay konvertlar, elektron pochta yoki Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali yuboriladi. Bundan tashqari, biz qon va boshqa biomateriallarni tekshirish uchun hamshiraning uyga bepul tashrif buyurishi kabi xizmatni ham taqdim etamiz. Ushbu tamoyillar tufayli “Sehat” brendi sifatli laboratoriya diagnostikasi bilan sinonimga aylana oldi.
To'liq ko'rsatishKlinikamizdagi proktologiya va lazer jarrohlik bo‘limi Andijon shahridagi ushbu yo‘nalishdagi yagona ixtisoslashtirilgan xususiy tibbiyot markazi hisoblanadi. Bizning asosiy faoliyat tamoyillarimiz: • har bir bemorga individual yondashish va qulay sharoit; • zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan to'g'ri foydalanish; • yuqori sifatli va samarali tibbiy yordam ko‘rsatish. Shuningdek, ushbu bo'limimizda to‘g‘ri ichakning ko‘plab kasalliklari ovqat hazm qilish, genitouriya va venoz tizimlar bilan bog‘liq muammolar ham hal etiladi. Bunday hollarda boshqa mutaxassislik shifokorlari ishtirokida diagnostika va davolashga kompleks yondashuv o'tkaziladi. Bugungi kunda proktologlarimiz urolog, gastroenterolog, flebolog va ultratovush shifokorlari bilan yaqin aloqada ishlaydi. Zamonaviy lazer uskunalari proktologiya va flebologiyada ambulatoriya operatsiyalarini eng yuqori samaradorlik bilan amalga oshirish imkonini beradi.
To'liq ko'rsatish«Sehat» klinikamizdagi flebologiya bo‘limi - eng zamonaviy jahon standartlari bo‘yicha oyoq tomirlarining surunkali kasalliklarini konsalting, diagnostika va davolashga ixtisoslashgan bo'lib, klinikamiz flebologlari Yevropaning eng yaxshi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan. Mutaxassislarimiz mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib tananing pastki qismlari varikoz kengayishi uchun endovenoz lazer operatsiyalarini o‘tkazishni boshlaganlar. Ushbu operatsiya tufayli yuzlab bemorlar chandiq qoldirmaydigan va bemorni kasalxonaga yotqizishni talab qilmaydigan jarrohlik amaliyotidan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Biz tomonimizdan davolanayotgan har bir bemor uzoq vaqt bizning nazoratimiz ostida bo‘ladi. Flebologiya bo‘limiga venoz muammo bilan murojaat qilgan bemor ijobiy natijasiz ketmaydi. Klinikamizdagi "Flebologiya" bo‘limining o‘ziga xos xususiyati uning ishonchliligidir. Mutaxassislarimizning professionalligi hech qachon bir joyda to'xtab qolmaydi va keyingi bosqichda biz bemorlarimizning do‘stlari va qarindoshlarini qulay davolash uchun yanada yaxshi imkoniyatlarni taklif qilamiz.
To'liq ko'rsatishHoziroq bizga murojaat qiling. Quyida ma'lumotlaringizni yozib qoldiring
Yaqin soniyalar ichida xodimlarimiz Siz bilan bog'lanishadi